GM Uzbekistan avtomobillar narxi oshmasligini xabar qildi

© Gazeta.uzPartiya avtomobiley GM Uzbekistan
Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya xabariga ko‘ra, ayni damda avtomobillarga belgilangan narxlarga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilmagan.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. "GM Uzbekistan" AJ avtomobillar narxi oshishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarni rasman inkor etdi.

Kompaniyaning Facebookdagi sahifasida xabar berilishiga ko‘ra, ba’zi OAVlarda narxlar oshishi haqida xabarlar tarqatilgani tufayli,  oxirgi vaqtlarda fuqarolardan avtomobillar narxi oshishi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

"Rasman ma’lum qilamizki, ushbu xabarlarga "GM Uzbekistan"ning umuman aloqasi yo‘q. Faoliyatimizga doir barcha ma’lumot rasmiy saytimizda www.gmuzbekistan.uz va Facebook tarmog‘idagi ushbu sahifamizda e’lon qilinadi", — deyilgan xabarda.

Kompaniya xabariga ko‘ra, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar modellari, ko‘rinishlari,  opsiyalaridagi va boshqa o‘zgarishlar, oldindan kompaniya rasmiy sahifasida e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0