TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Kuni kecha Samarqand shahrida tramvay harakati ishga tushirildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Shahar uchun muhim ahamiyatga ega tadbirda olingan suratlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ham paydo bo‘lmoqda. Internet foydalanuvchilarning aksariyati va nihoyat shunday kun kelganiga hali ham ishonishmayotganini aytib o‘tishgan.
Sal kechroq Samarqand shahri depo ishchilari tramvay ishga tushirilishi kutilayotgan bir nechta sanalarni aytib o‘tishdi. Samarqandning ko‘plab aholisi tramvay harakati ishga tushirilishiga umid qilib vokzal oldidagi so‘nggi bekatga 29-mart kuni to‘planishdi. Ammo ularning umidlari oqlanmadi.
Tramvaydi birinchilardan bo‘lib shahar aylangan yo‘lovchilar so‘zlariga ko‘ra, transport qulay tezlikka ega bo‘lib, juda silliq harakatlanmoqda.
Elektr toki uzilishi tufayli to‘xtashlar yuz berishi mumkinligi haqidagi havotirlar behuda bo‘lib chiqdi. Hammasi ish rejasi bo‘yicha bormoqda.
Shahar ma’muriyatidagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda shahar ko‘chalarida yo‘lovchilarga 21ta tramvay xizmat ko‘rsatadi. Ular orasidagi interval taxminan 10-15 daqiqani tashkil qiladi.