O‘zbekiston musulmonlar idorasi o‘limga chorlovchi o‘yinlardan havotir bildirdi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishMasjid qubbasi
Masjid qubbasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Keyingi paytda ba’zi tuman va shaharlarda o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Mutaxassislar fikricha, bu holat ko‘proq 15-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilarkan

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. "So‘nggi paytlarda ayrim yoshlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan o‘z joniga qasd etishga chorlovchi turli o‘yinlar qurboni bo‘layotgani o‘ta xavotirli holat", — deb yozgan "Zarafshon" nashrida e’lon qilgan maqolasida zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakili o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov.

Kompyuter o‘yinlarini yaxshi ko‘radigan bolakay - Sputnik O‘zbekiston
Ehtiyot bo‘ling! "O‘lim guruhlari" Toshkentgacha yetib keldi
"Internet tarmoqlarida yashin tezligida ommalashib borayotgan "Ko‘k kit" o‘yini hali voyaga yetmagan o‘smirlarni o‘z domiga tortmoqda. Ellik kun mobaynida ellikta shartni bajarish talab qilinadigan bu o‘yin oxiri o‘yinchining o‘z joniga qasd qilish hodisasi bilan yakunlanadi. Bu o‘yinni o‘ynab, oqibatda joniga qasd qilganlar qo‘shni respublikalarda kuzatilganini ommaviy axborot vositalari xabar qilmoqda. Ogohlik ziyon qilmaydi. Farzandlarimiz uyali aloqa vositalari orqali nimalar bilan mashg‘ul ekanini doimo nazorat qilish, ularga to‘g‘ri yo‘lni botilidan ajratib olishlarida ko‘maklashishimiz lozim", — deb yozadi muallif.

Maqolada keltirilishicha, keyingi paytda ba’zi tuman va shaharlarda o‘z joniga qasd qilish holatlari uchrab turibdi. Mutaxassislar fikricha, bu holat ko‘proq 15-30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan sodir etilarkan.

Tahlil va o‘rganishlar shuni ko‘rsatgan-ki, kimdir ota-onasi xohlagan kiyimni olib bermagani, kimdir sevganiga yetisholmagani, boshqasi oldiga maqsad qilib qo‘ygan ta’lim muassasasiga o‘qishga kirolmagani, yana kimdir turmush o‘rtog‘i yoki uning qarindoshlari bilan chiqisholmagani, turmush qiyinchiliklari-yu mashaqqatlariga bardosh berolmagani va hokazo sabablar bilan o‘zini o‘zi nobud qilgan.

Kompyuter o‘ynayotgan bolalar - Sputnik O‘zbekiston
Kompyuter bolalari yoxud Internetga tobe taqdirlar
"Shu kabi sabablar va yana minglab vajlar jam bo‘lsa ham insonning eng qimmatli boyligi – o‘z hayotiga o‘zi zomin bo‘lishiga arziydimi? Hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan muammo va tashvishlar qarshisida irodasizlik qilib, o‘zini o‘ldirgan kimsa nimaga erishadi? Yoki shu yo‘l bilan qutilib, yaxshilikka erishaman, deb o‘ylaydimi? Agar shu fikrda yurganlar bo‘lsa, ular qattiq adashadi", — deb yozadi muallif.

Va shunday deya qo‘shimcha qiladi: "Biz musulmon farzandlarimiz, ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz boshiga kelgan eng og‘ir qatag‘on, urush va ocharchilik yillari ham bunday nobakorlikka qo‘l urmaganlar. Sabr ila qiyinchiliklarni yengib o‘tganlar.

Islom shariati inson hayotini muhofaza qilish maqsadida o‘zini o‘zi o‘ldirish(o‘z joniga qasd qilish)ni harom qilgan. Hayot Alloh tomonidan berilgan bebaho boylik bo‘lgani uchun uni hech kim birovga minnat ham qilolmaydi, man ham etolmaydi.

Militsiya patrul mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘ziga xos "o‘lim guruhlari" paydo bo‘ldi

Muqaddas Islom dinida birovni o‘ldirish qanchalik yomon hisoblansa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik yomondir. <…> O‘z joniga qasd qilish Rasululloh (s.a.v.)ning hadisi shariflarida ham qattiq qoralangan.

Payg‘ambarimiz o‘zini o‘zi o‘ldirganga janoza namozini o‘qimaganlar. Alloh bergan ulug‘ ne’mat – hayot ne’matiga, buyuk insoniy huquqlardan sanalmish hayot haqqiga noshukr bo‘lgan, uni oyoqosti qilgan nobakor shaxsning jazosi shunday bo‘ladi. Kalomi sharifda: "…bordi-yu, noshukrlik qilsangiz, albatta azobim (ham) juda qattiqdir".

Yangiliklar lentasi
0