Shavkat Mirziyoyevdan bo‘lajak qaynonalarga maslahat

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida nuroniy onaxonlar bilan suhbatlashdi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi davomida Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasida nuroniy onaxonlar bilan suhbatlashdi, deb xabar qildi prezident matbuot-xizmati.

Nikoh uzuklari - Sputnik O‘zbekiston
Ajrashayotgan erkak oilasini uy-joy bilan ta’minlashi kerak bo‘ladi
Podrobno.uz nashri xabariga ko‘ra, Mirziyoyev suhbat davomida bo‘lajak qaynonalarga va shunday maqomga ega ayollarga maslahat bergan.

"Agar biz ayollarning mavqeyini yaxshilasak, jamiyatdagi ahvol o‘zgaradi. Kelin kim? Kelin — bizning qizimiz. Biz mana shu qizimiz uchun yaxshi sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Qaynonalar kelinni qizim, deb atashlarini xohlayman. Axir ularning ham qizlari bir kun kelin bo‘ladi. Sizlar nima uchun aksariyat hollarda yosh ayollar kerakli shart-sharoitlarni topa olmaydilar, deya savol berishingiz mumkin: chunki qaynonasidan yaxshi gap eshitmaydi, eri yomon muomala qiladi. Natijada er-xotin ajrashadi, qaynona esa oradan olti oy o‘tib uyga yangi kelin olib keladi. Bu bizlar uchun uyat bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham men bu mavzuni ko‘tardim, balki endi odamlarga tushunarli bo‘lar", — degan prezident.

Yangiliklar lentasi
0