TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zbek guruhlarida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali namunalarining suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda "Podrobno.uz" xabar bermoqda.
Bular Islom Karimovga atalgan yodgorlikni yaratish bo‘yicha xalqaro tanlovda qatnashish uchun tayyorlangan loyihalar bo‘lishi kerak. Ijodiy ishlarni qabul qilish bugun, 31-mart kuni yakunlanadi. So‘ngra 10-aprelga qadar taklif etilgan namunalar asosida maxsus ko‘rgazma tashkil etiladi.
Toshkentda Birinchi Prezident haykali Oqsaroy qarorgohi oldidagi maydonga o‘rnatiladi.
Karimov 1986-1989 yillarda Qashqadaryo viloyati rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan Qarshi shahrida ham yodgorlik qad rostlaydi. Uni shahar ma’muriyati yaqiniga o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Samarqandda esa haykal shahar markazida o‘rnatiladi, uning atrofida favvorali xiyobon tashkil etiladi.