Ulyanovskda qo‘lbola granata va to‘pponcha saqlagan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© NewsTeam / Mediabankka o‘tishTo‘pponcha, granata
To‘pponcha, granata - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi o‘limga olib keluvchi ushbu qurilmalarni o‘zi istiqomat qiladigan kvartirada saqlagan

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Rossiyaning Ulyanovsk shahrida portlovchi qurilmalar va qurollar saqlagani uchun O‘zbekiston fuqarosi ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar qildi Ulyanovsk viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya 8-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini O‘zbekistonga topshirdi
Ta’kidlanishicha, 34 yashar vaqtincha ishsiz Salmon O‘zgarishov bir nechta qo‘lbola granata, jangovar portlovchi qurilmalar, qo‘lbola to‘pponchani noqonuniy tarzda xarid qilgan.

Xabarda O‘zgarishov o‘limga olib keluvchi ushbu qurilmalarni o‘zi istiqomat qiladigan kvartirada saqlagani aytilgan.

"2016 yilning 26-dekabrida regional Federal Xavfsizlik Xizmati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbir vaqtida yovuz niyatli bu shaxs qo‘lga olingan va jinoiy javobgarlikka tortilgan", — deyiladi prokuratura xabarida.

Yangiliklar lentasi
0