O‘zbekistonlik rejissor Kann kinofestivalida o‘z filmi bilan qatnashadi

© AFP 2023 / Antonin THUILLIERKrasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen
Krasnaya dorojka Kannskogo kinofestivalya: potselui, naradi i Vudi Allen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Film o‘tgan yil avgustida Kaliforniya sahrosida 10 kun davomida suratga olingan. Filmda Fransiya va amerikalik aktorlar suratga tushishgan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik rejissor Anvar Safoyev 70-Kann kinofestivalining Short Film Corner dasturida o‘zining "Shamollar atirguli" (Compass Rose) nomli qisqa metrajli filmi bilan ishtirok etadi. Bu haqda uz24.uz xabar berdi.

Film o‘tgan yil avgustida Kaliforniya sahrosida 10 kun davomida suratga olingan. Filmda Fransiya va amerikalik aktorlar suratga tushishgan.

Film namoyishi 24-may kuni Kann kinofestivali zalida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, film Kann kinofestivalining yana ikki dasturi La semaine de la critique (tanqid haftaligi) va La quinzaine des réalisateursr (rejissorlarning ikki haftaligi)ga taqdim etilgan.

Anvar Safoyev 1988-yilda tug‘ilgan, Toshkent Davlat madaniyat va san’at institutining "Kino va TV rejissurasi" fakultetini tamomlagan. Uch yildan buyon Fransiyada yashab ijod qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0