Ichki ishlar vaziri senatorlarga hisobot berdi

© Gazeta.uzZdanie senata Respubliki Uzbekistan
Zdanie senata Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy saviyasini oshirish ishlarini jiddiy ravishda yaxshilash, shu maqsadda mintaqaviy seminarlarini o‘tkazish zarurligini qayd etdilar

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida senatorlar ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdilar. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishga zamon talablariga javob beradigan yangi yondashuvlarni tatbiq etish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga jamoatchilikning keng qatlamlarini jalb qilish, profilaktika inspektorlarining bevosita aholi orasida ish olib borishini tashkil etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning o‘tgan qisqa davri mobaynida respublikaning 5253 ta mahallasida birorta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri va Markaziy bank raisi Senatga hisobot topshiradi

Joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika inspektorlarini ular faoliyatiga xos bo‘lmagan yumushlardan ozod qilish, ularning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha muntazam ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va sudlar bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh qilish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida idoralararo ishchi guruhlar tuzildi.

Hisobotni muhokama qilish chog‘ida senatorlar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xodimlar, ayniqsa profilaktika inspektorlari uchun munosib xizmat va maishiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Senatorlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy saviyasini oshirish ishlarini jiddiy ravishda yaxshilash, shu maqsadda mintaqaviy seminarlarini o‘tkazish zarurligini qayd etdilar. Odamlar dardu-tashvishlariga befarq munosabatda bo‘lgan, qonunni suiiste’mol qilgan va buzgan xodimlarga nisbatan o‘z vaqtida qat’iy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0