Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri va Markaziy bank raisi Senatga hisobot topshiradi

Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan
Zasedanie Senata respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning, Hisob palatasining, bosh prokurorning, ichki ishlar vazirining, Markaziy bank boshqaruvi raisining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotlarini eshitadi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 28-29 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Senat axborot xizmati.

Majlisda senatorlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning, Hisob palatasining, bosh prokurorning, ichki ishlar vazirining, Markaziy bank boshqaruvi raisining, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining hisobotlarini eshitadi.

Majlis kun tartibiga bir qator qonunlar, xususan, Konstitutsiyaga, "Sudlar to‘g‘risida"gi qonunga, Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga va boshqa bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonunlar, shuningdek, "O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida"gi qonun kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0