Devid Rokfeller 101 yoshida olamdan o‘tdi

© Sputnik / Vacheslav Runov / Mediabankka o‘tishMixail Gorbachev va Devid Rokfeller
Mixail Gorbachev va Devid Rokfeller - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Devid Rokfeller globalizatsiya va neokonservatizmning kuchli targ‘ibchisi sifatida insoniyat xotirasida qoladi.

TOShKENT, 21mar — Sputnik. Dunyoning eng badavalat odamlaridan biri bo‘lgan Devid Rokfeller 101 yoshida Nyu Yorkda vafot etdi.

Devid mashhur Rokfellerlar oilasi vakili. Uning bobosi Jon Rokfeller 20-asr boshlarida Standart Oil kompaniyasini tashkil qilgan. Keyinchalik esa neft biznesi uni dunyoning eng birinchi dollar milliarderiga aylantirgan.

Rokfellerlar oilasi bugun ham dunyoda eng ta’siri kuchli oilalardan biri hisoblanadi. Ular turli biznes va xayriya fondlarini boshqarishadi. O‘limi oldidan Devid Rokfeller Forbes reytingida 581 o‘rinni egallagan edi. Uning boyligi 3,3 mlrd. Dollarga baholangan.

Devid Rokfeller Nyu Yorkda tug‘ilgan. 1936-yilda Garvard universitetini yakunlab, Londondagi Iqtisodiyot  va siyosat fanldari maktabiga kirgan. 1940-yilda Chikago universitetida Iqtisodiyot doktori unvoninni himoya qilgan.

Rokfeller Ikkinchi jahon urushi yillarida (1942) oddiy askar lavozimida harbiy xizmatga kirgan.1945 yilda xizmatini kapital unvonida yakunlab davlat xizmatiga kirgan. 1974-yilga qadar harbiy razvedka sohasida ishlagan.

1947 yildan — 1981-yilga qadar Chase Manhattan Bank da ishlagan.

Devid Rokfeller globalizatsiya va neokonservatizmning dunyoda birinchi birini va eng kuchli targ‘ibchisi sifatida insoniyat xotirasida qoladi.

Yangiliklar lentasi
0