Dollarning bozordagi narxi 7 ming so‘mdan oshdi

© Sputnik / Mixail Mordasov / Mediabankka o‘tishPunkt obmena valyut
Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlarning fikricha, dollar narxining oshishi valyuta sohasida kutilayotgan islohotlar bilan bog‘liq

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekistonda dollarning "qora bozor"dagi narxi 7 ming so‘mdan oshdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Noqonuniy valyuta savdosi markazlariga aylangan poytaxt bozorlarida dollarfurushlar kecha va bugun bir dollarni 7000-7050 so‘mdan sotib olishdi. Sotish narxi esa an’anaga binoan sotib olish narxiga nisbatan 60-100 so‘m qimmatroq.

Banknota dostoinstvom 10 000 Som - Sputnik O‘zbekiston
10 martdan o‘n ming so‘mlik pul muomalaga chiqariladi

Dollarning Markaziy bank belgilaydigan rasmiy kursi ham ikki haftadan buyon oshmoqda. 14 kun davomida dollar narxi 94 so‘mga qimmatladi. Hozirda dollarning rasmiy kursi 3404 so‘m 35 tiyinga teng.

Ekspertlarning fikricha, dollar narxining oshishi valyuta sohasida kutilayotgan islohotlar bilan bog‘liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida konvertatsiya joriy etish va erkin valyuta savdosini tashkil etish choralari ham ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0