Dam olish kunlari O‘zbekiston janubida harorat 18 darajagacha ko‘tariladi

© Ana_JAnomalnaya jara
Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati +18 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, 4-5 mart kunlari respublikamizda havo o‘zgarib tursa-da, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi, deb yozadi uz24.uz.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida harorat kechasi —3…+2 va kunduzi 10-15 daraja iliq, Qarshida 18 darajagacha iliqni tashkil etadi.

Surxondaryo viloyatida havo harorati kechasi —1…+4 daraja va kunduzi 13-18 darajagacha iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi —3…+2 va kunduzi 8-13 daraja iliqni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

Yangiliklar lentasi
0