Jangarilardan ozod qilingan qadimiy Palmira manzarasi

Obuna bo‘lish
Palmiraning Suriya armiyasi tomonidan ozod qilinishi muhim voqea, lekin bu mamlakatdagi antiterror kurashida hal qiluvchi ta’sirga ega emas, dedi suriyalik siyosatshunos va harbiy ekspert Anas Moxsen

Qadimiy sivilizatsiyaning eng boy markazlaridan biri bo‘lgan Palmira 2015-yil may oyida "Islom davlati" terrorchilik guruhi jangarila tomonidan bosib olingandi. 2016-yil martda Suriya armiyasi Rossiya aviatsiyasi yordamida shaharni ozod qildi.

Dekabr oyida ID Palmirani yana bosib oldi va shahardagi bir qancha yodgorliklarni vayron qildi. 2017-yilning 2-mart kuni suriyalik harbiylar Rossiya aviatsiyasi qo‘llab-quvvatlashi ostida shaharni ikkinchi marta qo‘lga kiritdilar, chekinayotgan jangarilar qadimiy obidalarni vayron etishga ulgurmadi, deb yozadi RIA Novosti.

"Men buni juda muhim voqea deb hisoblayman, shubhasiz, bu 2016-yil oxirida Halab ozod qilinganidan keyingi eng muhim voqea. Palmira mamlakatning turli qismlari bog‘lab turuvchi yo‘llar kesishgan joyda joylashgan. Terrorchilar qo‘poruvchiligi natijasida ishdan chiqqan ko‘psonli neft va gaz konlari ham shu yerda" — dedi Moxsen.

U Palmira Suriyaning muhim tarixiy-madaniy markazi ekanligini qayd etdi.

Yangiliklar lentasi
0