Toyib Erdo‘g‘on umra ibodatini amalga oshirdi

© AFP 2023 / Adem AltanTurkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti payshanba kuni Saudiya Arabistoniga safar uyushtirgan. U Makka shahrini ziyorat qilib, al-Haram masjidida umra ibodatini ado etgan

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Turkiya prezidenti Makkaga kichik Haj safarini amalga oshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti axborot agentligi.

Bu yilgi Umra ziyoratiga 5350 kishi boradi
Erdo‘g‘on Qatardagi rasmiy safari nihoyasiga yetishi bilan Saudiya Arabistonining Madina shahiga uchib keldi, deyiladi xabarda.

Turkiya prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya tungi soatlarda dunyodagi eng katta masjid hisoblangan Al-Haram masjidini ziyorat qilib, muqaddas Kabatullohni aylanishgan va  so‘ngra Safo va Marva tepaliklari orasida sa’y qilishgan.

Turkiya prezidenti umra ibodatini rafiqasi Emine, Turkiya Harbiy Kuchlari Bosh shtabi rahbari Xulusi Akar, iqtisodiyot vaziri Nihot Zaybekchi, TIV rahbari Mavlyut Chovushog‘lu, Energetika va tabiiy resurslar vaziri Berat Olbayroq va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hoqon Fidanlar hamrohligida amalga oshirgan.

© 1news.azErdo‘g‘on umra ibodatini amalga oshirdi
Erdogan sovershil umru – maliy xadj v Mekke - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on umra ibodatini amalga oshirdi
Yangiliklar lentasi
0