Moskvadagi dahshatli YTHda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishMoskvadagi YTH
Moskvadagi YTH - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga qaraganda, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, uch kishi omon qolgan

TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Yangi Moskvada yuz bergan yirik avtohalokatda uch nafar O‘zbekiston va bir nafar Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan, qolgan qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib.

"YTH oqibatida 1984, 1995 va 1997-yillarda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari, 1987-yilda tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi halok bo‘lgan. Qolgan qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda", — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning aytishicha, jarohatlanganlar orasida bir Rossiya fuqarosi, ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi bor.

Eng so‘nggi ma’lumotga qaraganda, O‘zbekiston elchixonasi ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi, deyiladi RIA Novosti xabarida.

Avtohalokat Varshava shossesidan Korotigino qishlog‘iga burilishda sodir bo‘lgan: "UAZ" va Toyotaning to‘qnashuvi natijasida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan "UAZ" yonib ketgan. Ma’lumotlarga qaraganda, to‘qqiz kishi halok bo‘lgan, uch kishi omon qolgan.

Yangiliklar lentasi
0