Eron ballistik raketa sinovi o‘tkazdi

© Sputnik / Sergey Petrosan / Mediabankka o‘tishRaketa uchirilishi
Raketa uchirilishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik kengashi, Eron raketa sinovi munosabati bilan seshanba kuni soat 10:00 da tashkilotning maxsus vakili Staffan De Mistura ishtirokida majlis chaqirdi.

TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. Eron o‘rta masofaga zarba beruvchi ballistik raketa sinovini o‘tkazdi, bu AQShda yangi prezident saylanganidan keyin o‘tkazilgan birnchi sinov bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Fox News telekanali xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ballistik raketa yakshanba kuni Semnan shahridan 225 km masofadan turib uchirilgan. Raketa havoda 966 km masofani bosib o‘tgach, portlab ketgan.

2015 yilning iyulida qabul qilingan BMTning 2231 sonli rezolyutsiyasiga ko‘ra, Eron bunday raketa sinovlari o‘tkazish huquqiga ega emas. “Lekin shunga qaramasdan Eron ushbu rezolyutsiyani ikkinchi marta buzmoqda”, — deyilgan telekanal xabarda.  

BMT Xavfsizlik kengashi, Eron raketa sinovi munosabati bilan seshanba kuni soat 10:00 da tashkilotning maxsus vakili Staffan De Mistura ishtirokida majlis chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv 2015-yilning 14-iyulida Venada tuzilgan edi.  Kelishuvga ko‘ra, Eron unga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni  olib tashlash evaziga o‘zining yadroviy qurol ishlab chiqarish dasturini keskin qisqartirishi kerak edi.

Yangiliklar lentasi
0