TOShKENT, 26 yanv — RIA Novosti. AQSh sobiq bosh kotibi Madlen Olbrayt prezident Donald Trampning migrantlarga nisbatan qat’iy siyosatiga javoban ular bilan birdamligini bildirish uchun musulmon bo‘lishga tayyorligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Chorshanba kuni Tramp Meksika bilan chegarada devor qurish hamda noqonuniy migrantlar va xorijlik jinoyatchilarga qarshi kurash bo‘yicha farmonlar imzoladi.
Shuningdek, prezident qator musulmon mamlakatlaridan qochoqlar qabul qilishni cheklamoqchi ekanligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Saylov kampaniyasi davrida Donald Tramp terrorizmga qarshi kurash doirasida musulmonlarni ro‘yxatga olishni taklif qilgandi.
"Ozodlik haykalida mayda harf yo‘q. Amerika har qanday e’tiqod va kelib chiqishidan qat’i nazar barchaga ochiq bo‘lishi kerak", — dedi Olbrayt o‘zining Twitterdagi blogida Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali yonida AQShdagi bosh immigratsiya punki faoliyat ko‘rsatganligiga ishora qilib.
I was raised Catholic, became Episcopalian & found out later my family was Jewish. I stand ready to register as Muslim in #solidarity.
— Madeleine Albright (@madeleine) January 25, 2017
"Men katolik bo‘lib voyaga yetganman, yepiskoplar cherkoviga qatnaydigan bo‘ldim, keyin esa oilamiz kelib chiqishi yahudiy bo‘lganligini bildim. Men birdamlik ramzi sifatida musulmon bo‘lib ro‘yxatdan o‘tishga tayyorman", — deb qo‘shib qo‘ygan 70 yoshli sobiq bosh kotib.
Madlen Olbrayt 1997-2001 yillarda AQSh bosh kotibi bo‘lgan. U bu mamlakat tarixidagi mazkur lavozimni egallagan birinchi ayol hisoblanadi.