O‘zbekiston advokatlar palatasi: guvohlar davlat himoyasiga olinadi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishOliy Majlis Senati binosi
Oliy Majlis Senati binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2017-yil oxiriga qadar jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2017-yil oxiriga qadar jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonunda ularning jismoniy va ijtimoiy himoyalanishi davlat tomonidan kafolatlanishi ko‘zda tutiladi, dedi respublika advokatlar palatasi raisi Ravshan Ahmedov.

Adolat timsoli - Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis: sudya bo‘lib faqat 70 yoshgacha ishlash mumkin

"Qonun loyihasi ("Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish haqida" — tah.) shu yilning oxiriga qadar tayyor bo‘ladi, uning qabul qilinishi jinoyat protsessi qatnashchilari — jabrlanuvchilar, guvohlarning jismoniy va ijtimoiy himoyasi bo‘yicha davlat tomonidan kafolat berilishini ta’minlaydi", — dedi Ahmedov 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning harakatlar strategiyasi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan media-haftalik tadbirida.

Respublikada davlat boshqaruvi, sud-huquq tizimini islohot va modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy va tashqi siyosat sohasidagi islohotlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekistonni rivojlantirishning besh yillik strategiya loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Media-haftalik doirasida tarqatilgan materiallarga ko‘ra, O‘zbekiston qonunchiligida jinoyat protsessi ishtirokchilariga nisbatan tahdid yuz bergan hollarda ularning himoya qilinishi borasida umumiy meyorlar mavjud. Qonunchilikda himoyaning ushbu ko‘rinishdagi turi bo‘yicha batafsil chora-tadbirlar ko‘rsatilmagan.

Yangiliklar lentasi
0