Yevropadagi yangi qoidalar: chegarada taqinchoqlar pulga tenglashtiriladi

© Sputnik/ Aleksey Nikolskiy Taqinchoqlar
Taqinchoqlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa komissiyasi Yevropa chegarasini kesib o‘tish qoidalarini yanada qiyinlashtirishni rejalashtirapti. Xabarlarga ko‘ra, endilikda chegarani kesib o‘tishda oltin, qimmatbaho soatlar va boshqa qimmatbaho narsalar pullarga tenglashtirilishi mumkin

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Endilikda Yevropa chegarasini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan ayollar qimmatbaho taqinchoqlarini yechishlari kerak bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar Yevropaga kirish-chiqishda fuqarolarga 10 ming yevro olib kirish(olib chiqish)ga ruxsat berilgan edi. Endilikda esa Yevropa bojxonalarida qimmatbaho buyumlar pulga tenglashtirilishi mumkin.

Brussel tomonidan chegarani kesib o‘tish qoidalarining murakkablashtirilishi terrorchilik va pullarni noqonuniy ayriboshlashga qarshi kurashishga qaratilgan, deb xabar qilingan Yevrokomissiya press-relizida.

Xullas, agar Yevropaga otlanganlar orasida qimmatbaho taqinchoqlarga o‘ch xonimlar bo‘lsa, ular chegarachilarga o‘z ziraklari bilan terrorchilarga xizmat haqi to‘lashni rejalashtirmayotganini isbotlashi kerak bo‘ladi, deb yozadi Sputnik Estoniya.

 

Yangiliklar lentasi
0