Vazir o‘rinbosari: O‘zbekiston ikki fuqarolikni kiritishni rejalashtirmagan

© Sputnik / Aleksey TixomirovO‘zbekiston fuqarosi pasporti
O‘zbekiston fuqarosi pasporti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ikki fuqarolik kiritilishi haqidagi ma’lumotlar - mish-mishdan boshqa narsa emas

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin kelajakda ikki fuqarolikni kiritish masalasi ko‘rib chiqilmaydi, deb ta’kidladi Sputnik O‘zbekiston muxbiri tomonidan berilgan savolga javoban Adliya vaziri o‘rinbosari Nodir Jo‘rayev.

O‘zbek pasporti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorijga chiqish ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ikki fuqarolik kiritilishi haqidagi ma’lumotlar — mish-mishdan boshqa narsa emas.

"Bu haqda gap bo‘lishi mumkin emas. Bizning davlatimizda bittagina fuqarolik tan olinadi.O‘zbekistonda ikki fuqarolik masalasi muhokamaga kiritilgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatdan yiroq. Bu shunchaki — mish-mish. Balki, xorijga chiqish pasportlari kiritilishi rejalashtirilayotgani bois, kimdir bu masalani o‘zicha talqin qilgan bo‘lishi mumkin", — deb aytgan Jo‘rayev.

Yangiliklar lentasi
0