Uch oyda elektron litsenziyalash portali ishga tushadi

© Collage: Sputnik/finda.photoMustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar portali
Mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar portali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu portal yaratish O‘zbekistonda 2021-yilga qadar rivojlantirish kerak bo‘lgan beshta asosiy yo‘nalishlardan biridir. Elektron litsenziyalash portali bugungi kunda sinov tartibida ishga tushgan.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda yaqin uch oy ichida Elektron litsenziyalash portali ishga tushadi, deb xabar qildi Sputnik O‘z bekiston muxbiriga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Shermatov.

“Respublikada bugungi kunda litsenziyalashning ma’lum turlpari bor. Dalat tomonidan ko‘rsatilayotgan litsenziyalash xizmati har doim ham ochiq-oydin va to‘g‘ri amalga oshirilmaydi. Ushbu jarayonga subyektiv faktorlar ta’sir  qilish holatlari ko‘p uchraydi. Bizning vazifamiz subyektivlikni yo‘q qilish va xizmatni belgilangan muddatda amalga oshirish”, — dedi Sherzod Shermatov.  

Uning so‘zlariga qaraganda Portal litsenziyalar va ruxsatnomalar berishning, davlat tashkilotlariga bog‘liq bo‘lmagan, markazlashgan tizimini tashkil qilishga yordam beradi. Portal ishga tushganidan keyin turli litsenziya va ruxsatnomalarning 40 xilni olish mumkin bo‘ladi. 2019-yilga kelib esa Portal orqali O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha turdagi litsenziyalarni olish mumkin bo‘ladi.

Kompyuter - Sputnik O‘zbekiston
Elektron litsenziyalash portali ishga tushirildi

“Oldin bizda har bir davlat tashkiloti litsenziya olishsh uchun topshirilgan arizani o‘z jurnalida ro‘yxatdan o‘tkazar edi. Tashkilot qonunda belgilangan 15 kuni ichida javob bera olmasdi, chunki bu bilan shug‘ullanishga hech kimning vaqti yo‘q edi. Portal paydo bo‘lishi bilan zamonaviy eletkron tizim ishga tushadi va kim qayerda qanday qonunbuzarlik qilayotgani yaqqol ko‘rinadi”, — dedi Shermatov.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – tadbirkorlar uchun biznes-muhitni yaxshilashdir. Loyihani amalga oshirish uchun faqat ushbu yil davomida 80 million so‘m ajratilgan. Texnik jihatdan qilinadigan ishlarning aksariyati bajarib bo‘lingan. Endi faqat davlat tashkilotlarini Portal bilan ishlashga tayyorllash kerak.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi 5-yil ichida O‘zbekistonda olinadigan ruxsatnomalarning 80 xili, litsenziyalarning 15 turi bekor  qilingan edi. Shuningdek 65ta majburiy statistik ma’lumotnomalar bekor qilindi va 23 xil arizalarni ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi.

Ruxsatnoma berish jarayoni ikki baravar tezlashtirildi, ularning narxi esa — 5 baravar arzonlashtirildi. Undan tashqari soliq xizmatlarining 22 xil interaktiv turi ishga tushirildi. Buning evaziga tadbirkorlar vaqt va mablag‘ tejash imkoniga ega bo‘lishdi.

 

Yangiliklar lentasi
0