OAV: ko‘chalarda sim-karta sotuvchi migrantlar Rossiyadan haydab chiqariladi

© pixabayTelefon va sim-karta
Telefon va sim-karta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yangi ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida noqonuniy sim-karta savdosi bilan shug‘ullanuvchilarni jarimaga tortish, sotuvchi-migrantlarni esa mamlakatdan chiqarib yuborish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Rossiyaning Roskomnadzor kompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi yangi qonun loyihasini ishlab-chiqdi. Hujjjatda sim-kartalar savdosi bilan noqonuniy shug‘ullanuvchilarga jarima solish hamda sotuvchi-migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Operator vakolatisiz sim-kartalar tarqatish bilan shug‘ullangan jismoniy shaxslarga — 2-5 ming rubl, yuridik shaxslarga — 100-200 ming rubl jarima solish belgilangan", — deb yozadi nashr.

Xabarda aytilishicha, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar noqonuniy ravishda sim-karta sotish bilan shug‘ullansalar, ularga 50-60 ming rubl miqdorida jarima solinadi va tovarlari tortib olinadi, shuningdek bu shaxslar 15 sutkaga hibsga olinib, Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0