TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika Baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan mamlakatimizda faoliyat yurituvchi Milliy madaniy markazlarning bir guruh faollarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar qilgan Prezident matbuot-xizmati.
Xususan, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi" unvoni — Bazarbayeva Nurkul Alimbayevna – Navoiy viloyati Konimex tumani qoraqalpoq milliy madaniy markazi faoli, Konimex tumanidagi "Jas tulek" ansambli badiiy rahbariga berilgan.
Mironov Sergey Aleksandrovich — Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" unvoni bilan taqdirlangan.
Shuningdek, "Mehnat shuhrati" ordeni bilan Muhammadiyev Nasriddin – Respublika baynalmilal madaniyat markazi direktori mukofotlangan.
Taqdirlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.