Gambiya prezidenti g‘aznada bor pulni olib juftakni rostladi

© WikipediaBivshiy prezident Gambii Yaxya Djamme
Bivshiy prezident Gambii Yaxya Djamme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovda yutqizgan Gambiya prezidenti Yahya Jamme, mamlakat g‘aznasidan 11 mln pulni va qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasini o‘marib mamlakatdan chiqib ketgan.

TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. G‘arbiy Afrikadagi Gambiyada 22-yil prezidentlik qilgan Yahyo Jamme g‘aznada bor pulni, olib mamlkatdan chiqib ketgan.

Wikipedia xabariga ko‘ra, Yahya Abdul-Azziz Jemus Junkung Diliu Jammeh 1994-yilda qurbonsiz davlat  to‘ntarishi natijasida mamlakat boshiga kelgan. 1996, 2001, 2006 va 2011-yillarda prezidentlik lavozimiga qayta saylangan.

Yahyo Jamme prezidentlik davrida bir necha esda qolarlik islohotlar o‘tkazgan. Masalan, Jamme  Gambiyada 4 kunlik ish haftasi e’lon qilgan.(juma kuni ham dam olish kuni bo‘lgan) Yana Jamme mamlakatda yomg‘ir mavsumi vaqtida futbol o‘ynagan yoshlarni qamoqqa olish, jodugarlik bilan shug‘ullanganlarni qattiq jazolash kabi ishlari bilan esda qolgan.

Undan tashqari Jamme o‘ziga turli unvon va faxriy nomlar olishni yaxshi ko‘rardi. Oxirgi yillarda uni prezident, shayx, professor, al-hoji, doktor Yahyo Jamme janobi oliylari deb atashgan.

2016 yil oxirida bo‘lib o‘tgan saylovda Yahyo Jamme raqibi Adam Berrouga nisbatan kam ovoz to‘plab hukumatni tark etishga majbur bo‘lgan. So‘nggi damda prezident Jamme mamlkat g‘aznasida bor bo‘lgan 11 mln dollar pul va qimmatbaho avtomobillar kolleksiyasini olib mamlakatni samolyotda tark etgan. Ayni damda uning qareda ekanligi noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0