"Ekopark" o‘rnida yangi istirohat bog‘i paydo bo‘ladi

© UZ24Ekopark o‘rnida yangi istirohat bog‘i quriladi
Ekopark o‘rnida yangi istirohat bog‘i quriladi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning Mirzo-Ulug‘bek tumanida eski zoopark o‘rnida joylashgan "Ekopark" qayta qurilmoqda.

TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Ayni damda "Ekopark"da qurilish ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Bog‘ hududidan beton bordurlar, va boshqa qurilmalar yechib olinmoqda, deb xabar qildi nuz.uz hokimiyat xabariga asosan.

Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriyati madaniyat va sport boshqarmasi Jasur Majonov aytishiga qaraganda yangi bog‘ ikki hududga — aktiv va passiv dam olish hududlariga bo‘lingan bo‘ladi.

© Nuz.uzEkopark o‘rnida yangi istirohat bog‘i quriladi
V Tashkente na meste starogo zooparka poyavitsya noviy park  - Sputnik O‘zbekiston
Ekopark o‘rnida yangi istirohat bog‘i quriladi

Bir tomonda yoshlar va kattalar uchun zamonaviy attraksionlar va ovqatlanish va savdo shaxobchalari quriladi, ikkinchi tomonda esa — yashil maysazorlar,  daraxtlar va gullar orasida o‘rindiqlar o‘rnatiladi.

Bog‘ Navruz bayrami arafasida ochilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0