O‘zbekistonga tushgan quyuq tuman sababi e’lon qilindi

© Foto stringera Sputnik UzbekistanToshkentda quyuq tuman
Toshkentda quyuq tuman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hududida tuman paydo bo‘lishining asosiy sababi - sovuq havo oqimining kelishi bo‘lmoqda. Gidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra tuman yana bir necha kun davom etadi.

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Oxirgi kunlarda O‘zbekistonda kuchli tuman kuzatilmoqda. Kuchli tuman nafaqat ertalab yoki kechqurun, balkim kun uzun davom etmoqda, deb yozadi Podrobno.uz sahifasi.   

O‘zgidrometeorologiya markazi xabariga ko‘ra, tuman paydo bo‘lishining  asosiy sababi O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimining kelishi bo‘lmoqda. Markaz xabariga ko‘ra tuman yana bir necha kun davom etadi.   

"O‘rta Osiyo hududida tuman yilning sovuq mavsumida, noyabrdan aprelgacha kuzatiladi. Dekabr-yanvar oylarida tuman tez-tez bo‘lib turadi. Tuman paydo bo‘lishining asosiy sababi — sovuq havo oqimining iliq va yog‘ingarchilik bilan namlangan yer ustiga sekin oqib kelishi. Tuman asosan ertalab, kechqurun va tunda kuzatiladi. Quyosh chiqib havo harorati biroz iliganidan keyin tuman tarqalib ketadi", — dedi O‘zgidrometeorologiya markazi xodimi Natalya Kucherova Podrobno.uz muxbiriga.

Tuman avtomobil va boshqa transport haydovchilariga noqulayliklar tug‘dirishi mumkin bo‘lsa-da, lekin uning foydali xususiyatlari ham bor. Masalan, tuman, yerdan chiqayotgan issiqlikni o‘zida ushlab turib, o‘simliklarni keskin sovuqdan saqlaydi.

Yangiliklar lentasi
0