TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Farg‘onada O‘zbekiston fuqaroligi berilgan 16 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqarosi pasportini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi m-press.uz.
Fuqarolik pasportlarini topshirish tantanasida viloyat hokimining o‘rinbosari Q. Imomov so‘zga chiqib, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarni katta sharaf bilan qutladi hamda vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlariga omad tiladi. O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan shaxslar katta e’tibor uchun o‘z minnatdorliklarini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 20-dekabrda imzolangan "O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida"gi farmonga muvofiq mamlakat hududida istiqomat qilayotgan 179 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi.