TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlarida ishtirok etadi.
O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berishicha, ShHTga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi uchrashuv 20-yanvar kuni Moskvada bo‘lib o‘tadi.
2001 yilda tashkil etilgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2015-yilda ShHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni ishga tushgan. Armaniston, Ozarbayjon, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka hamkor mamlakatlar hisoblanadi.