TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Orenburg-Qozon trassasining 124-kilometrida Qozondan Aktubinskka ketayotgan xalqaro yo‘nalishdagi avtobus buzilib qoldi.
Avtobusdagi 43 kishining deyarli barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Avtobusni mahalliy uchastka noziri ko‘rib qolgan va navbatchi qism hamda mahalliy ma’muriyatga xabar bergan.
Yo‘lovchilar qishloq madaniyat uyiga joylashtirildi hamda yegulik bilan ta’minlandi. Yo‘lovchilarni olib ketish uchun boshqa avtobus yo‘lga chiqdi, deb xabar beradi Orenburg viloyati IIV matbuot xizmati.