Gulruhbegim Tohirjonova MDHning eng go‘zal shaxmatchisi deb topildi

© uz.24Gulruhbegim Tohirjonova
Gulruhbegim Tohirjonova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulruhbegimdan keyingi o‘rinlarda Qirg‘izistonning ikki nafar vakilasi Aleksandra Samaganova va Ayjan Alimbay qizi qayd etilgan

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. chess.pw sayti "MDHning eng go‘zal shaxmatchi qizi" tanlovini e’lon qilgani haqida xabar bergandik.

Mazkur saytda e’lon qilingan so‘rovnomada o‘zbekistonlik Gulruhbegim Tohirjonova ham bor edi.

O‘tgan yili grossmeysterlik unvonini qo‘lga kiritgan Gulruhbegim so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘plab, MDH mamlakatlarining eng go‘zal shaxmatchisi deb topildi.

Gulruhbegim Tohirjonovadan keyingi o‘rinlarda Qirg‘izistonning ikki nafar vakilasi Aleksandra Samaganova va Ayjan Alimbay qizi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0