Og‘ir judolik: Tursunoy Sodiqova vafot etdi

© StringerTursunoy Sodiqova
Tursunoy Sodiqova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Janoza 14-yanvar, asr namozidan so‘ng (soat 15:30-16:00) hoji onaning uylari(Andijon shahri)da o‘qilishi xabar qilindi

TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbek xalqi va adabiyoti og‘ir judolikka uchradi. Shoira va publitsist, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunoy Sodiqova foniy dunyoni tark etdi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil Facebook sahifasida xabar berdi.

"O‘zbek adabiyoti yana bir og‘ir judolikka uchradi. Otashin shoira, buyuk qalb va yuksak iqtidor egasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, aziz inson Tursunoy Sodiqova bu yorug‘ olamni tark etdilar. Muhatarama opamizning haqlariga duo qilaylik. Qiyomatda yuz ko‘rishguncha,!", — deb yozgan shoir o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Tursunoy Sodiqova 1944-yili Andijon viloyatida tavallud topgan. Yoshlik chog‘larida oilasi bilan Toshkentga ko‘chib kelgan va o‘rta maktabni ham shu yerda tamomlagan. 1961-1966 yillarda Toshkent Davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) tahsil olgan.

Tursunoy Sodiqovanint "Hazrati ayol" (1999), "Yoningdagi baxt" (2000), "O‘g‘lim, senga aytaman" (2002) va boshqa publitsistik maqolalar to‘plamlari keng kitobxonlarning olqish va e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

Ayni vaqtda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ushbu qayg‘uli xabar ostida o‘z hamdardliklarini yozib qoldirishmoqda. Jumladan, Nurillo G‘oziyev: "Ustozning joylari jannatda bo‘lsin! Hamisha xotiramizda yashaydilar. Chinakam o‘zbek onasi, o‘zbek shoirasi, o‘zbekning dardkashi edilar" deya yozib qoldirgan…

Marhumaning yaqinlariga hamdardlik bildirib qolamiz.

Yangiliklar lentasi
0