Qodirov Stalinni la’natlab, Xrushchevga minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRamzan Qodirov
Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1944 yilning 23-fevralida Iosif Stalinning buyrug‘iga asosan chechen va ingush xalqlari Markaziy Osiyo hamda Sibirga surgun qilinib, Chechen-Ingush muxtoriyati tugatilgan

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Ramzan Qodirov Checheniston davlatchiligini tiklanganligiga bag‘ishlangan tadbirda 1944-yilda chechenlar va ingushlarni deportatsiya qilishga buyruq bergan Iosif Stalinga la’nat aytdi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Ramzan Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, deportatsiya tufayli chechen xalqi "jar yoqasiga" kelib qolgan va bu uchun Stalin javobgar. "Ilohim u abadul-abad la’natlangany", — deb yozgan Qodirov o‘zining Instagramdagi sahifasida.

Shuningdek, u chechenlarni o‘z vataniga qaytargani uchun chechen xalqi nomidan Xrushchevga minnatdorlik bildirgan.

1944 yilning 23-fevralida Iosif Stalinning buyrug‘iga asosan chechen va ingush xalqlari Markaziy Osiyo hamda Sibirga surgun qilinib, Chechen-Ingush muxtoriyati tugatilgan. Ikki xalq 13-yil surgunlikda hayot kechirgan va 1957-yil 9-yanvardan so‘ng, Xrushchev ularning muxtoriyatini qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqargach, o‘z vataniga qaytish imkoniyatiga ega bo‘lganlar.

Yangiliklar lentasi
0