TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga sovuq havo kelmoqda: 11-yanvardan boshlab qor va yomg‘ir yog‘ib havo sovishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni kechqurun Toshkentda yomg‘ir va qor yog‘ib, havo harorati tunda —1 darajgacha sovishi mumkin.
Shimoliy hududlarda esa havo harorati kunduzi —2 daraja, tunda esa —5 daraja sovuq bo‘ladi.
Sinoptiklar payshanba — shanba kunlari Respublika bo‘ylab o‘rtacha —3…-5 daraja sovuq tushishini xabar qilishmoqda.