O‘zbekistonliklarga Novqatdagi yerlar sotilgani haqidagi xabar rad etildi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonning O‘sh viloyatidagi qishloqlardan birining aholisi O‘zbekiston fuqarolariga 130 gektar yer sotib yuborilganini iddao qilishgandi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. O‘sh viloyatining Novqat tumanidagi yer uchastkalari O‘zbekiston fuqarolariga sotilmagan, lekin qo‘shimcha tekshiruv o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston mahalliy hokimiyat matbuot xizmatiga tayanib.

Ilgariroq mahalliy OAVda tumandagi qishloqlardan birining raisi Normahammad Yo‘lchiyev O‘zbekiston fuqarolariga 130 gektar yerni noqonuniy sotib yuborgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yo‘lchiyevning o‘zi bu xabarni inkor qilib, uni ovul raisi saylovidan oldin "nomini qora qilib ko‘rsatish"ga urinishayotganini bildirdi.

Hokimiyat vazirlar mahkamasi mazkur holatni o‘rganishni topshirganini ma’lum qildi.

"Yerlar sotilmagan va bunday bo‘lishi mumkin ham emasdi. Vakolatli xodimlar mazkur masalani o‘rganib chiqishdi", — dedi matbuot xizmati.

Shunga qaramasdan, vakolatli xodimlar va huquq-tartibot organlari mazkur shov-shuvli xabarni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazmoqchi.

Yangiliklar lentasi
0