TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyati MXX Boshqarmasi hamda Soliq va valyuta jinoyatlari Departamenti xodimlari tomonidan kollej o‘qituvchilaridan biri yirik miqdorda valyuta olayotgan vaqtga qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
"A.Yusupov 5 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Ushbu pul arznomachining qarindoshini Qo‘qon Pedagogika institutiga kiritib qo‘yish uchun talab qilingan 9 ming dollarning bir qismi bo‘lgan. Qo‘lga olish jarayoni video tasvirga olish bilan tasdiqlangan", — deyilgan MXX xodimining xabarida.
Fuqaro Yusupovga nisbatan, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining taaluqli bandlariga binoan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.