Moskvada 40-yil oldin sodir bo‘lgan bir terror tarixi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishGerb Sovetskogo Soyuza
Gerb Sovetskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq Ittifoq davrida terrorchilik bilan bog‘liq jinoyatlar juda kam sodir bo‘lgan va ular bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘ta maxfiy saqlangan. Bugun o‘sha voqealarga roppa-rosa 40-yil bo‘ldi.

TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rosa 40-yil oldin, 1977-yilning 8-yanvarida Moskva markazida ketma-ket bir necha portlash sodir bo‘lgan edi, RIA Novosti xabariga asosan.

Birinchi bomba soat 17.33 da metro vagoni ichida, ikkinchi bomba 18.05 da Lubanka maydonida SSSR KGB boshqarmasi yonidagi oziq-ovqat magazinida, uchinchisi esa — 18.10da Nikolskaya ko‘chasidagi oziq-ovqat magazinida portlatiladi.

8 yanvar dam olish kuni bo‘lgani tufayli ko‘chalarda odam ko‘p edi. Portlashlar oqibatida 7 kishi qurbon bo‘ladi, 37 kishi  jarohatlanadi. Magazinlarda sodir bo‘lgan portlashda qurbonlar bo‘lmaydi. Qurbonlarning faqat metro vagonida bo‘lgan yo‘lovchilar edi, ular orasida yangi yil archasidan qaytib kelayotgan bolalar ham bor edi.

Sobiq SSSR uchun bunday terakt — kutilmagan va misli ko‘rilmagan jinoyat edi. Shuning uchun uni taftish qilishga darhol Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) kirishadi. Ushbu jinoayatga "Portlatuvchilar ishi" deb nom beriladi. KGB rahbari Yuriy Andropov tergov jarayoni qanday ketayotganini haqida har kuni Brejnevga shaxsan hisobot berib boradi.   

500dan ortiq kishi so‘rovdan o‘tkazilganidan keyin hech kim terrorchilarni aniq ko‘rmagani ma’lum bo‘ladi. Shundan keyin najot faqat ashyoviy dalillarga qoladi. Jinoyat joyidan topilgan va jabrlanganlar tanasidan chiqarib olingan qoldiqlaridan  portlovchi moslama uzunchoq cho‘yan qozon ichida joylashtirilgani ma’lum bo‘ladi. Trasolog-mutaxassilar laboratoriyada bo‘laklardan unining shaklini to‘liq tiklashga muvaffaq bo‘lishadi.

Portlash sodir bo‘lgan joylarda, shuningdek, trotil, elektr sxema va mexanik budilnik qoldiqlari ham topiladi. Ushbu materiallarni sinchiklab o‘rganib chiqilganda ular Yerevan, Xarkov va Rostov-na-Donu shaharlariga aloqadorligi aniqlanadi. Shuningdek mutaxassislar elektr sxemasi payvandlashda, faqat harbiy zavodlarda ishlatiladigan maxsus elektroddan foydalanilganini ham aniqlashadi.

Topilgan alohida bo‘laklar yordamida bomba joylashtirilgan sumka qanday ko‘rinishda bo‘lgani ham aniqlanadi. Cho‘yan qozon va sumka fotosuratlar Ittifoqning barcha hududlaridagi IIB bo‘limlariga tarqatiladi. Biroz o‘tib Toshkent aeroportida xuddi shunday sumka ko‘targa ayol to‘xtatiladi. Sumka ko‘zdan kechirilganda, uning ichida oddiy buyumlar borligi aniqlanadi, lekin sumkaning etketkasiga qarab, uning Yerevan shahrida tayyorlangani aniqlanadi.

Shunday qilib barcha izlar Yerevanga olib borishi ma’lum bo‘ladi. Lekin Yerevanda izlar yana yo‘qoladi. Ushbu vaqtga kelib terrorchilar yangi bomba tayyorlashga ulgurishadi. 1977-yilning oktabr oyida terrorchilar yangi bomba bilan Moskvaga yetib kelishadi. Ular boma solingan sumkani Kursk vokzalining kutish zali ichida qoldirib ketishadi. Lekin kutish zali ichida bir sutka davomida qoldirib ketilgan sumka portlamaydi, chunki portlovchi moslama ichida o‘rnatilgan soatning bataraykasi o‘tirib qolgan bo‘ladi.

Egasiz sumkani ko‘rgan yo‘lovchilar militsiyaga xabar berishadi. Sumka ko‘zdan kechiriliganda uning ichidan portlovchi moslamadan tashqari ko‘k sport kurtkasi va quloqchin shapka topiladi. Shapka ichida esa bir necha soch tolalari ham topiladi.

Shundan so‘ng barcha vokzal va aeroportlarda qora sochli, shapkasi yo‘q erkaklar tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tez orada terrorchilar Moskva — Yerevan poyezdi ichida qo‘lga olinadi. Ular yerevanlik Akop Stepanyan va 3aven Bagdasaran bo‘lib chiqadi. Akop Stepanyanning uyidan ikkinchi portlovchi moslamaning elektr sxemasi, Bagdasaranning uyidan esa — portlovchi moslama yasash uchun ehtiyot qismlar topiladi.

Bundan tashqari Qo‘lga olinganlar ko‘rsatmalari asosida tergov xodimlari guruh tashkilotchisi va g‘oyaviy rahbarini aniqlashadi. Stepan Zatikan — Yerevan elektr mexanika zavodida ishlaydigan, siyosiy ayblov bilan oldin qamoqda o‘tirib chiqan kishi bo‘lib chiqadi.

Zatikan Yerevan Politexnika universitetida o‘qigan vaqti bir necha talabalar bilan birgalikda yashirin Armaniston Milliy-uyushgan partiyasini tashkil qiladi. Partiya a’zolari "Rossiya shovinizmiga qarshi" kurash olib borishga va mustaqil Armaniston respublikasi tashkil qilishni o‘zlariga maqsad qilib olishgan bo‘ladi.

"Portlatuvchilar ishi"bo‘yicha tergov bir yil davomida olib boriladi. SSSR Oliy sudi 1979-yilning 24-yanvarida Zatikan, Bagdasaran va Stepanyanlarni aybdor deb topib, ularni o‘lim jazosiga mahkum qiladi.

Sudda Zatikan advokat xizmatidan voz kechib, o‘zi bilan hamfikr bo‘lganlarni qasos olishga chaqiradi.

Tergov va sud jarayoniga ayblanuvchilarning qarindoshlaridan hech kim kiritilmaydi va voqea OAVlarda yoritilmaydi. Faqat 31-yanvar kuni "Izvestiya" gazetasida qisqagina ma’lumotnoma chop etiladi. 30-yanvar kuni hukm ado etiladi.

Yangiliklar lentasi
0