TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Prokuratura uchta tuman hokimi va ularning yetti nafar o‘rinbosarlarini javogarlikka tortdi, deb yozadi kun.uz nashri "Huquq" gazetasiga tayangan holda.
Xabarda ta’kidlanishicha, Namangan viloyatida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha vazifalarni bajarmaganlik uchun prokuratura taqdimnomasiga asosan Kosonsoy, Uchqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari hokimlari, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlari hokimlarining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 16 nafar fermer xo‘jaligi rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
"Viloyatda o‘tgan yilning may-oktabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha belgilangan rejalar bajarilmagani ma’lum ma’lum bo‘ldi. Bunga ekinlarni parvarishlash va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekishni tashkil qilishdagi kamchiliklar sabab bo‘lgan", — deyiladi xabarda.
Hammasi bo‘lib 38 nafar mas’ul shaxs qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik xususida rasman ogohlantirildi, deb ta’kidlaydi nashr.