TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. Samarqand shahrida eng chiroyli ko‘cha, bino va archa aniqlandi, deb xabar qilingan Zarafshon gazetasi rasmiy saytida.
"Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Eng namunali ko‘cha", "Eng chiroyli bino" va "Eng chiroyli bezatilgan archa" ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi", — deb yozadi nashr.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Universitet xiyoboni "Eng namunali ko‘cha nominatsiyasi" g‘olibi, Samarqand davlat universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey "Eng chiroyli bino", "Bahor" mas’uliyati cheklangan jamiyati binosi oldida o‘rnatilgan archa "Eng chiroyli bezatilgan archa" deb topilgan.