Dushanbega uchayotgan UTair samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Samolyot yo‘nalishining o‘zgarishiga tuman sabab bo‘lgan

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Moskvadan Dushanbega uchayotgan Rossiyaning UTair aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti tunda tuman sababli Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti Toshkent aeroporti vakiliga tayanib.

"Bugun tunda soat 3.05da Toshkent aeroporti 803-reys bilan Moskvadan Dushanbega parvoz qilayotgan UTair aviakompaniyasining samolyotini qabul qildi. Samolyot yo‘nalishi o‘zgarishiga manzil aeroportdagi tuman sabab bo‘lgan", — dedi agentlik suhbatdoshi.

150ga yaqin yo‘lovchi aeroportning tranzit hududiga joylashtirilib, ichimlik va yengil taom bilan ta’minlangan.

Toshkentni tuman qoplab oldi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentni quyuq tuman qoplab oldi

"Soat 7.12da samolyot Toshkentdan belgilangan manziliga uchib ketdi", — degan aeroport vakili.

Ilgariroq tuman sababli "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasining bir nechta samolyoti bugun tongda Toshkent aeroportiga qo‘na olmagani va O‘zbekistonning boshqa shaharlaridagi aeroportlarga yo‘naltirilgani xabar qilingandi.

Aeroport ma’lumotxonasi ayni paytda tuman tarqalgani va samolyotlar harakati odatdagi tartibda davom etayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentga tushgan quyuq tuman yo‘llarda ko‘rish darajasi yomonlashishi va ko‘plab tirbandliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0