TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Ukrainada gripp kasalligi asorati tufayli besh kishi olamdan o‘tgani qayd etilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Nashrda yozilishicha, bu haqda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi gripp markazi rahbari Tatyana Dixanovskaya xabar qilgan.
"Gripp kasalligi tufayli beshta o‘lim holati qayd etildi. Uchta holatda o‘lganlar 17 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Bu bemorlar grippga qarshi emlanmagan bo‘lgan. Katta yoshdagilar esa qandli diabet va yurak kasalligi bilan ro‘yxatda turgan", — deb aytgan Dixanovskaya.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning 17ta viloyatida gripp bilan og‘rish ko‘rsatkichi epidemiya ostonasini xatlab o‘tgan.