O‘zbek chegarachilari yuk poyezdida ko‘p miqdorda giyohvand modda topishdi

Obuna bo‘lish
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiylari Tojikistondan giyohvand modda olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yishdi, deb xabar berdi davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga.

O‘zbekiston Respublikasining "Bekobod" temiryo‘l o‘tkazuv punktida №3001 "Xo‘jand — Xovos" yo‘nalishidagi yuk poyezdi tekshirilganida chegarachilar ikki kilodan ortiq geroin va to‘rt kilodan ortiq gashish moddalarini topishdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0