TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qurbon bo‘lgan Rossiya elchisi yaqinlariga hamdardlik bildirdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Fojeadan keyin Rejep Toyyib Erdo‘g‘on va Vladimir Putinga orasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya rahbari bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan qanday ishlar amalga oshirilayotganini xabar qildi.
O‘z navbatida, Vladimir Putin ushbu mamlakatda Rossiya diplomatik vakolatxonasi xavfsizligini ta’minlashni so‘radi va ushbu teraktga javoban — terrorchilikka qarshi kurash yanada kuchliroq kurashish kerakligini aytdi. Shuningdek, Putin Anqaradagi qotillik, bu – ikki mamlakat orasidagi yaxshi munosabatlarni buzishga bo‘lgan harakat deb atadi.
Rossiya prezidenti Andrey Karlovning yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlov San’at galereyasida ko‘rgazma ochilish vaqti, qo‘riqchi kiyimidagi terrorchi tomonidan otib o‘ldirilgan edi.
Turkiya hukumati xabariga ko‘ra, sobiq politsiya xodimi bo‘lgan terrorchi allaqachon yo‘q qilingan, uning onasi va ikki opasi tergov qilinmoqda. Jinoyat sabablari har tomonlama o‘rganilmoqda.
Andrey Karlov haqida qisqacha ma’lumot
1976 yilda MGIMOning Xalqaro Iqtisodiy aloqalar fakultetini tugatgan;
1992 yilda Rossiya TIVi huzuridagi Dipolmatik akademiyani yakunlagan, ingliz va koreys tillarini biladi;
1976 – 2008-yillar davomida TIV Markaziy apparatining chet elardagi turli vakolatxonalarida ishlab kelgan;
2001 – 2006-yillarda Rossiyaning Koreya Xalq-Demokratik Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavoimida ishlagan;
2007 – 2009-yillarda Rossiya TIVi Konsullik departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan;
2009 – 2013-yillarda Rossiya TIVi Konsullik departamenti direktori;
2013 – 2016 Rossiyaning Turkiya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.
2016 yilning 19-dekabrida – Anqarada suiqasd oqibatida qurbon bo‘ldi.