Tuman tufayli uch qirg‘izistonlik O‘zbekiston hududiga kelib qolgan

© Sputnik / Yegor YeremoChegarachilar
Chegarachilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zi bilmagan holda qonunni buzgan shaxslarning biri yonida hujjati yo‘qligi xabar qilinmoqda

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Qirg‘iziston chegara xizmati tuman tufayli O‘zbekiston hududiga kirib qolgan ikki nafar qirg‘izistonlikni o‘z vataniga qaytardi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

O‘zbek-qirg‘iz chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari chegara masalalari bo‘yicha uchrashishdi
Qonunbuzarlar O‘zbekiston chegarani qo‘riqlash xizmati naradi tomonidan 11-dekabr kuni qo‘lga olingan. Qirg‘izistonliklarning so‘zlariga ko‘ra, ular tuman tufayli o‘z yo‘lidan adashishgan va avtotransportda O‘zbekiston hududiga kirib qolishgan.

Shu kunga qadar ular O‘zbekistondagi Chust IIBBda bo‘lishgan, deb xabar qilmoqda nashr.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar natijasida, qirg‘izistonliklarning ikki nafari o‘z vataniga qaytarilgan. "Ularning sog‘lig‘i holati qoniqarli", deb ta’kidlangan xabarda.

O‘zbekiston tomon uchinchi qirg‘izistonlikning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar o‘zbek chegarachilariga taqdim etilishi bilanoq u ham Qirg‘iziston tomonga o‘tkazilishini ma’lum qilgan.

Yangiliklar lentasi
0