TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Donald Tramp berayotgan va’daga ko‘ra, uning ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan, AQSh tashqi siyosatda yangi yo‘nalish oladi.
Tramp, shuningdek, "chet el davlatlarini qayta qurgandan ko‘ra, o‘z mamlakatimizni qayta quramiz", deya ta’kidlagan.
"Biz uzoq vaqtgacha bir mamlakatdan ikkinchisiga mas’uliyatsiz bostirib kirishlarni amalga oshirdik, u davlatlar haqida sizlarning ko‘pchiligingiz eshitmagansiz ham, bu aqlsizlik va bu barham topishi kerak! Tramp ma’muriyati eng avvalo AQSh milliy manfaatlari haqida qayg‘uradi", — deya ta’kidlagan Trapm.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda AQSh prezidenti etib saylangan edi. U 20-yanvar kuni qasamod qabul qilgach, o‘z prezidentlik vakolatlarini qabul qilib oladi.