Misr Usama bin Lodinning o‘g‘liga mamlakatga kirishga ruxsat bermadi

Obuna bo‘lish
OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, "Al-Qoida" asoschisining o‘g‘li Omar bin Lodin Qohiraga juma kuni kechqurun Qatardagi reys orqali kirib kelgan

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Misr Usama bin Lodinning o‘g‘liga mamlakatga kirishga ruxsat bermadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Xabarda aytilishicha, Misr chegara xizmati xodimlari sobiq birinchi raqamli-terrorchi Usama bin Lodinning o‘g‘illaridan biriga mamlakatga kiritmagan.

"OAVlarda berilgan xabarlarga ko‘ra, "Al-Qoida" asoschisining o‘g‘li Omar bin Lodin Qohiraga juma kuni kechqurun Qatardagi reys orqali kirib kelgan. U pasport nazoratidan o‘tayotgan vaqtida misrlik chegara xizmati xodimlari erkakka u Misrga kirish ta’qiqlangan shaxslar ro‘yxatiga kiritilganini aytganlar. Oradan bir necha soat o‘tgach bin Lodin Turkiyaga uchib ketgan", — deyiladi xabarda.

Omar bin Lodin Misrda 2007-2008 yillarda yashagan.

Yangiliklar lentasi
0