Elektron litsenziyalash portali ishga tushirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishKompyuter
Kompyuter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Portal yordamida turli yo‘nalishlarda litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish mumkin

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Elektron litsenziyalash portali test rejimida ishga tushirildi, deya xabar qildi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish rasmiy satida.

Mustaqil O‘zbekiston yukuqlari haqidagi portal - Sputnik O‘zbekiston
Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari haqidagi portal ishga tushdi
Portal yordamida O‘zbekiston tadbirkorlari: transport; savdo faoliyati; arxitektura va qurilish;  banklar, sug‘urta, qimmatbaho qog‘ozlar, mikrokreditlash; lombardlar, lotereyalarni tashkil qilish; madaniyat, noshirlik faoliyati, reklama; axborot texnologiyalari, kriptohimoya, EHM uchun dasturlar va fonogrammalar; qimmatbaho metallar va qimatbaho toshlarning aylanishi; bojxona faoliyati;neft va gaz majmuasi, tabiiy resurslardan foydalanish; tibbiy faoliyat, farmatsevtika, veterinariya; xavfli tovarlar va buyumlarning aylanishi; audit, baholash va advokatlik faoliyati; ta’lim, sport va turizm va boshqa yo‘nalishlarda litsenziyalar va ruxsatnomalarni rasmiylashtirishi mumkin.

Portalning da’vogarlar va litsenziyalovchi organlar o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish, litsenziyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yanada ochiqligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Foydalanuvchilarga elektron resursni sinovdan o‘tkazish hamda taklif va mulohazalarni Facebook sahifasiga yuborish taklif etilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0