Shavkat Mirziyoyev Qur’on va Konstitutsiyaga qo‘lini qo‘ygan holda qasamod qildi

© Press-slujba prezidenta Respubliki UzbekistanO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi raisi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisi ochildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Prezidenti axborot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 5-yil muddatga Prezident etib saylandi
Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi hukumati a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatimizdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamod qildi: “O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman”.

Ayni paytda tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0