Rossiyada besh oyda 1176 dona Ravon avtomobili sotildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishRAVON
RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabr oyida Ravon brendi ostida 420 dona avtomobil sotilgan

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati 2016-yil iyul—noyabr oylarida Rossiyada 1176 dona Ravon avtomobillarini sotdi. Bu haqda nuz.uz xabar qildi.

Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, kompaniya dilerlari noyabr oyida Ravon brendi ostida 420 dona avtomobil sotgan.

2016 yilning yanvar—noyabri yakunlariga ko‘ra, GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati Rossiyada avtomobil savdosi hajmiga ko‘ra 27-o‘rinni egalladi. 

Rossiyada Ravon brendi ostidagi mashinalar savdosi 2016-yil iyulidan boshlandi.

Yangiliklar lentasi
0