Shavkat Mirziyoyev Bosh vazirlikdan ozod etildi

© AFP / POOL / Anvar Ilyasov Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Senati 13-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Bosh vazir vazifasidan ozod qildi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston Senati seshanba kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni o‘z vazifasidan ozod qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu haqda Senat raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev ma’lum qilgan.

"Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni bosh vazirlik lavozimidan ozod qilish haqidagi qaror sizning qo‘lingizda. Marhamat ovoz bering. Bir ovozdan qabul qilindi", — deb ta’kidlagan Yo‘ldoshev yig‘ilishda.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati − O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Bosh vazirlik uchun Abdulla Aripov nomzodini taklif qilgandi. 14-dekabr kuni Aripov ushbu lavozimga tasdiqlanishi kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida 88,61 foiz ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0