TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikramov sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi, deb xabar qilgan uz24 nashriga tuzilmadagi o‘z manbasi.
Xabarda ta’kidlanishicha, Adham Ikramov ushbu lavozimda 2012-yildan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligini boshqarib kelayotgan Anvar Alimovni almashtirgan.
Alimovning o‘rinbosari bo‘lgan Laziz To‘ychiyev esa Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan, deb xabar qiladi nashr.
Shu vaqtga qadar Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Elmira Bositxonova esa Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.